Frontend Developer #2 Javascript va Jquery

JavaScript tili hozirgi kunda eng mashhur tillardan biri hisoblanadi. Ko’p reytinglarda mashhurligi bo’yicha birinchi o’rinda turadi. Ushbu til orqali o’yin yaratishingiz, veb-dasturlar yozishingiz, mobil ilovalar, kompyuter uchun dasturlar, hullas har qanaqa turdagi dasturlar yozishingiz mumkin. Brauzerlarda esa JavaScript asosiy dasturlash tili hisoblanadi.

Lekin, eng mashhur til degani – eng qulay til degani emas. JavaScript’da biror bir qiyinroq dastur yaratimoqchi bo’lsangiz – albatta kutubxona, yoki freymvorklardan foydalanasiz.

Kutubxona va freymvork bu oldindan yozib qo’yilgan kodlar to’plami. Ularning farqini bilish hozircha muhim emas.

Biz jQuery ishlatamiz. Ancha eski kutubxona, lekin paydo bo’lganda butun veb-dasturlarni revolyutsiyaga olib kelgan – kuchli kutubxona. Hozir kichik narsalar yozish uchun ishlatiladi.

Siz ushbu kursga yozilganingizdan so'ng sizga ushbu saytdan ko'proq pul ishlash imkoniyati beriladi. Shunday ekan hoziroq darslarni boshlab ushbu kursni o'rganing va oyiga 100$ - 500$ gacha pul ishlashni boshlang!