Frontend Developer #3 Bootstrap va Responsive

Bootstrap hozirgi kunda eng ko’p ishlatilayotgan front end development framework hisoblanadi. Unda HTML, CSS va JavaScript to’liq joylashtirilgan va ushbu framework yordamida o’zingiz istagan sayt ko’rinishini bir necha daqiqalarda, qiyinchiliklarsiz tayyorlab olishingiz mumkin. Frameworkning rasmiy getbootstrap.com sayti orqali uni to’liq yuklab olishingiz va hech qanday cheklovlarsiz ishlatishingiz mumkin. Bootstrap ilk “mobile first” framework hisoblanib, unda birinchi e’tibor tayyorlangan sahifalar mobil qurilmalarda qanday ko’rinishiga qaratiladi. O’zining moslashuvchangili sabab Bootstrapda tayyorlangan sahifalar barcha hajmdagi ekranlarda bir xil chiroyli ko’rinadi. Bootstrap haqiqatdan ham front end ustalarining ishini bir necha o’n barobarga osonlashtirdi. Bir necha yil avval HTML va CSS kodlarni to’liq qo’lda yozib sayt tayyorlayotgan kishilar Bootstrapning qanchalik qulay tizim ekanligini bir necha bor ishlatib ko’rgandanoq bilib olishlari mumkin.

Bootstrapni mukammal darajada o'rganishni istasangiz, bizning Video Kurslarimiz sizga yordam beradi. Bugundan boshlab Bootstrapni o’rganishingizga hech narsa halal bermaydi: uni o’rganish uchun sayt ham, domen ham, hosting ham kerak emas. Shunchaki Bootstrapni kompyuteringizga yuklab oling, video kurslarimizda ko’rsatgandek saytlar ko’rinishini tayyorlashga kirishing.

Siz ushbu kursga yozilganingizdan so'ng sizga ushbu saytdan ko'proq pul ishlash imkoniyati beriladi. Shunday ekan hoziroq darslarni boshlab ushbu kursni o'rganing va oyiga 100$ - 500$ gacha pul ishlashni boshlang!